
Iste’molchi — foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oladigan, ish yoki xizmat buyurtma qiladigan yoxud bunday niyatda bo‘lgan jismoniy shaxs.
Iste’molchi tovar sotib olishda, ish buyurtma qilishda yoki xizmatdan foydalanishda qonun bilan kafolatlangan huquqlarga ega. Bu huquqlar tovar do‘konda, xizmat ko‘rsatish joyida yoki axborot tizimlari orqali sotib olinganidan qat’i nazar himoya qilinadi.
Iste’molchi:
Qonunchilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi iste’molchilar uchun savdo, maishiy xizmat va boshqa xizmatlar sohasida qo‘shimcha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Agar tovar, ish yoki xizmat haqida noto‘g‘ri yoki etarli bo‘lmagan ma’lumot berilishi natijasida iste’molchi o‘ziga kerakli xususiyatlarga ega bo‘lmagan tovarni sotib olgan bo‘lsa, u shartnomani bekor qilish va etkazilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Tovar, ish yoki xizmatning nuqsoni iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar etkazgan bo‘lsa, bu zarar sotuvchi, ishlab chiqaruvchi yoki ijrochi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday talabni hatto mazkur shaxs bilan bevosita shartnoma tuzmagan iste’molchi ham qo‘yish huquqiga ega.
Iste’molchi huquqi buzilganda sudga murojaat qilishga haqli. Da’vo, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa:
Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.