Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9359 marta o'qildi

Tovarning nuqsonlari aniqlanganda, shu kundan boshlab 7 kunlik ichida tovar ayni shunday markali tovarga almashtiriladi.

Muddat uzaytirilishi mumkin, agar:
  • tovar sifati qo‘shimcha tekshirilsa20 kun ichida;
  • ayni shunday markali tovar bo‘lmasa1 oy ichida;
  • cho‘l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda – 2 oydan kechiktirmay almashtiriladi.

O‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tovar bahosining 1 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘laydi.

Tovarning kafolat muddati mobaynida nuqsonlarni bepul bartaraf etish muddati:
  • sotuvchi bartaraf etsa - 20 kun ichida;
  • ishlab chiqaruvchi bartaraf etsa - 10 kun ichida.

Iste’molchi kafolat muddati tugaganidan keyin ham tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etishni talab qilishi mumkin.

Ta’mirlash davrida iste’molchiga berib turish (almashtirish) to‘g‘risidagi talab tatbiq etilmaydigan tovarlar:
  • Avtomobillar, mototsikl, tirkama va nomerli agregatlar;
  • Mebelь;
  • Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar va b.);
  • Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCh pechlari, elektrpechlar, tosterlar va b.).

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan quyidagi holatlarda tovar bahosining 1 foizi miqdorida penya to‘lanadi:
  • iste’molchining vaqtincha foydalanish uchun tovar berib turish haqidagi talabini bajarish kechiktirilgan har bir kun uchun;
  • nuqsonlarni bartaraf etish muddatlarini ortiqcha kechiktirilgan har bir kun uchun.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) nuqsonli tovarni almashtirmasa, qaytarib olmasa yoki nuqsonni bartaraf etmasa, vakolatli organlarga murojaat etish mumkin.

Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari:
  • tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
  • tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
  • tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
  • xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
  • shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.

Iste’molchining huquqlarini talab qilish muddatlari:
  • tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
  • kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida;
  • ko‘chmas mulk iste’molchiga o‘tkazilgan kundan e’tiboran 2 yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa;
  • mavsumiy tovarlar uchun belgilangan muddat mobaynida aniqlangan bo‘lsa.

Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlar ro‘yxati

Chat