Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9883 marta o'qildi

Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, zamonaviy axborot echimlarini joriy etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

Quyidagilar belgilanmoqda:

a) 2022-yil 1 yanvardan boshlab:

chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobilь ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika byudjetidan qaytariladi, bundan avtomobilь sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno;

sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan qonunchilik hujjatlarida nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibining buzilishi bo‘yicha belgilangan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi. Bunda, jarimaning qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi;

b) to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni ta’minlash talabi o‘rnatiladi.

Quyidagilar taqiqlanmoqda:

a) 2022-yil 1 yanvardan boshlab mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklari taqdim etiladi.

b) 2022-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalarini davlat reestriga kiritiladi hamda soliq organlarida ro‘yxatga olish, 2023-yil 1 yanvardan boshlab esa ulardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladi:

  • bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish;
  • onlayn nazorat-kassa mashinasining joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn nazorat-kassa mashinasi sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);
  • shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash.

2022-yil 1 yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanish talabi o‘rnatiladi.

Chat