Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14220 marta o'qildi

Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat bo‘lgan fond.

Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yo‘nalishidagi o‘zga ehtiyojlarga mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi.

Uy-joy fondi tarkibi
  • uylar;
  • kvartiralar;
  • xizmat turar joylari;
  • yotoqxonalar;
  • vaqtinchalik uy-joy fondi uylari;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar;
  • bolalar uylar;
  • boshqa maxsus maqsadli uylar.

Uy-joy fondi quyidagilardan iborat:

  • xususiy uy-joy fondlari
    • yakka tartibda qurilgan uylar;
    • xususiylashtirilgan kvartiralar va uylar;
    • qurilgan kvartiralar va uylar;
    • sotib olingan kvartiralar va uylar;
    • xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan va ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan uylar.
  • davlat uy-joy fondlari
    • mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan munitsipal uy-joy fondi;
    • davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga tegishli bo‘lgan idoraviy uy-joy fondi;
    • ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolar uchun xususiylashtirish huquqisiz, ijara shartlari asosida foydalanishga berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.

Turar joylarni uy-joy fondiga kiritish

Uylar va turar joylarga nisbatan mulk huquqining kadastr idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ularning uy-joy fondiga kiritilganligining tasdig‘i hisoblanadi.

Turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish

Quyidagi hollarda uylar va turar joylar uy-joy fondidan chiqariladi:

  • avariya yoki yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan hollarda;
  • davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilganda;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga o‘tkazilganda.

Chat