Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 38507 marta o'qildi

Haqiqiy harbiy xizmat - chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, syerjantlar va ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.

Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), syerjantlar (starshinalar) va kichik ofitsyerlar uchun — 45 yosh;
  • katta ofitsyerlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I rang kapitanlari) uchun — 55 yosh;
  • genyeral-mayor, genyeral-leytenant va genyeral-polkovnik harbiy unvonidagi ofitsyerlar uchun — 60 yosh etib belgilanadi.

Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Harbiy xizmat - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.

Harbiy xizmatning turlari:
  • muddatli harbiy xizmat;
  • safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi harbiy xizmat;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezyervchilar xizmati.

Tinchlik davrida oddiy askarlar va syerjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.

Muddatli harbiy xizmat - chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va syerjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitsyerlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.

Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida 12 oy etib belgilanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi harbiy xizmat

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezyervi safiga olinadilar.

Safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi xizmat safiga shaxslar 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.

Safarbarlik chaqiruvi rezyervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar 27 yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezyervi tarkibiga o‘tkaziladilar.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.

Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, syerjantlar va ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.

Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt 5 yilga tuziladi; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (rezyervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt 5 yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetishiga 5 yildan kam qolgan bo‘lsa, kamroq muddatga tuziladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida 5 yil majburiy o‘tashi sharti bilan kontraktlar tuziladi.

Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Muqobil xizmat

Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmat o‘rniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turidir.

18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, harbiy ro‘yxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar, agar ular diniy ta’limoti qurol-yarog‘dan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yo‘l qo‘ymaydigan, ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega.

Muqobil xizmatning muddati 24 oyni, oliy ma’lumotli fuqarolar uchun esa 18 oyni tashkil etadi.

Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi:

muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitsyerlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan shaxslar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.

Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.

Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.

Chat