Dalolatnoma yozuvini tiklash — ilgari tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik yoki boshqa fuqarolik holati haqida yozuv mavjud bo‘lganini tasdiqlovchi etarli asoslar bo‘lganda yo‘qolgan yozuvni qayta tiklashdir.
Muhim: guvohnoma yo‘qolgan, lekin FHDYo tizimida dalolatnoma yozuvi saqlangan bo‘lsa, yozuvni tiklash emas, takroriy guvohnoma olish talab etiladi.
Tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi yozuvni tiklash uchun, odatda, yozuv kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning o‘zi murojaat qiladi.
16 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan uning:
Dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan bo‘lsa, 16 yoshga to‘lgan fuqaro FHDYo organiga shaxsan ariza beradi.
Ariza bilan birga:
FHDYoning yagona elektron arxivi va idoralararo axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlar ariza beruvchidan qayta talab qilinmaydi.
Ariza FHDYo organi tomonidan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Zarur tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq uzrli sabablar mavjud bo‘lsa, muddat ko‘pi bilan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda ariza beruvchiga xabar beriladi.
Yozuvni tiklash uchun etarli asoslar aniqlanmasa, FHDYo organi asoslantirilgan rad javobi beradi. Rad etish ustidan sudga murojaat qilish mumkin.
Xizmat uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.