
Nikohdan ajratish holatga qarab FHDYo organida yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Er-xotin o‘zaro rozi bo‘lsa, ularning voyaga etmagan umumiy farzandlari bo‘lmasa va o‘rtada mol-mulk yoki ta’minot bo‘yicha nizo mavjud bo‘lmasa, nikoh FHDYo organida bekor qilinishi mumkin. Agar xotin homilador bo‘lsa, o‘zaro rozilik asosida FHDYo orqali nikohdan ajratish haqidagi ariza qabul qilinmaydi.
Bundan tashqari, turmush o‘rtoqlardan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoxud kamida 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, qonunda belgilangan shartlarda ikkinchi tomonning arizasi asosida FHDYo orqali nikohdan ajratish mumkin.
Quyidagi holatlarda nikohdan ajratish, qoida tariqasida, sud tartibida amalga oshiriladi:
Sud er-xotinning keyingi birgalikda yashashi va oilani saqlab qolishi mumkin emas deb topsa, nikohdan ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun 6 oygacha muhlat berishi mumkin.
Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talab qilsa, sud yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Shuningdek, er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin 1 yil mobaynida nikohdan ajratish haqida ish qo‘zg‘atishga haqli emas.
O‘zbekiston FHDYo organlarida qayd etilgan nikoh bo‘yicha tegishli holatlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish mumkin.
Er va xotinning roziligi Face-ID yoki MyID orqali tasdiqlanadi. O‘zaro rozilik asosida FHDYo orqali nikohdan ajratish arizasi berilganda nikoh ariza berilgan kundan 3 oy o‘tgach qayd etiladi.
Sud nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqargan bo‘lsa ham, nikoh avtomatik ravishda shu kuni tugamaydi.
Nikoh FHDYo organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
Sud qarori qonuniy kuchga kirgach, er yoki xotindan biri, shuningdek ishonchnoma asosidagi vakil FHDYo organiga murojaat qilishi mumkin. Elektron murojaat qilinganda FHDYo xabar yuborganidan keyin sud qarorining asl nusxasi 5 ish kuni ichida taqdim etilishi kerak.