Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 84940 marta o'qildi

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish
  • 2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda;
  • 2019-yil 1 yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar — ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
  • 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martga qadar;
  • 2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30 iyunga qadar;
  • 2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30 sentyabrga qadar;
  • 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31 dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda
  • 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 1 apreldan;
  • 2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 1-iyuldan;
  • 2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 1 oktyabrdan;
  • 2015-yildan keyin berilganlari — 2024-yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • ID-karta yoki pasport (nusxasi olinib asli qaytariladi);
  • eski shakldagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni;
  • davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi kvitantsiya.

  • Avtomototransport vositalarini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqargan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.

Quyidagilar avtomototransport vositalarini o‘n ikki oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi
  1. ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (buyruqdan ko‘chirma);
  2. shaxsiy avtomototransport vositalari haydovchilari uchun ularga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
  3. ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomototransport vositasini boshqargan shaxslar uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi;
  4. transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.

Avtomototransport vositasini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.

  • Ariza hamda tegishli hujjatlar qabul qilinib olingandan so‘ng navbat bilan rasmga tushib, planshet orqali hujjatga imzo qo‘yib, yangi guvohnoma chop etilishi kutib turiladi (ushbu jarayonga 5 daqiqa vaqt sarflanadi).

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

2015-yildan keyin berilganlari — 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.


Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.


Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish Qo‘llanma

Chat