
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
- <strong>ID-karta yoki pasportstrong> (nusxasi olinib asli qaytariladi);
- eski shakldagi <strong>haydovchilik guvohnomasi va uning taloni;strong>
- <strong>davlat bojistrong> to‘langanligini tasdiqlovchi kvitantsiya.
- Avtomototransport vositalarini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqargan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
Quyidagilar avtomototransport vositalarini o‘n ikki oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi
- ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (buyruqdan ko‘chirma);
- shaxsiy avtomototransport vositalari haydovchilari uchun ularga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
- ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomototransport vositasini boshqargan shaxslar uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi;
- transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.
Avtomototransport vositasini oxirgi <strong>o‘n ikki oystrong> davomida <strong>boshqarmagan strong>shaxslarning haydovchilik guvohnomalari <strong>nazariy strong>va <strong>amaliy imtihonlarni strong>topshirganlaridan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.
- Ariza hamda tegishli <strong>hujjatlar qabul qilinib olingandan so‘ngstrong> navbat bilan rasmga tushib, planshet orqali hujjatga imzo qo‘yib, yangi guvohnoma chop etilishi kutib turiladi (ushbu jarayonga 5 daqiqa vaqt sarflanadi).
<strong>Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalaristrong> hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar <strong>2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.strong>
<strong>2015-yildan strong>keyin berilganlari — <strong>2024 yil 1 yanvardanstrong> boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar <strong>Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.strong>
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish Qo‘llanma