Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 30763 marta o'qildi

Davlat raqami belgisi, shu jumladan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgisi va xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgisi avtotransport vositasi egasining mulki hisoblanmaydi, ulardan qat’iyan maqsadli foydalanilishi uchun unga taqdim etiladi.

  • Avtotransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishda oldin berilgan oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgisi va xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgisi transport vositasining avvalgi egasining arizasiga ko‘ra hududiy YHXDX organiga 12 oy muddatga saqlash uchun topshirilishi mumkin. Raqamni saqlaganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
  • Ushbu muddat davomida shaxsning transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi munosabati bilan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun raqam va xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgisi berish haqida arizasi mavjud bo‘lmaganda, saqlanib kelinayotgan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun raqam va xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun raqam belgilangan tartibda olib qo‘yiladi va omborga kirim qilinadi.

Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) davlat raqam belgisining almashtirilishiga olib kelsa, avtotransport vositasining avvalgi egasining xohishiga ko‘ra ushbu davlat raqam belgilari saqlab qolinadi va takroran beriladi:

  • jismoniy shaxslar uchun — ushbu shaxsga yoxud uning yaqin qarindoshiga (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillariga), shuningdek umumiy mulkka egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga va merosxo‘rlarga tegishli bo‘lgan boshqa avtotransport vositasiga;
  • yuridik shaxslar uchun — ro‘yxatdan o‘tkazib berilayotgan boshqa avtotransport vositasiga o‘sha yuridik shaxsga — avtotransport vositasining avvalgi egasi yoki uning huquqiy vorisi (yuridik shaxs nomi qayta o‘zgarganda, birlashganda, qo‘shilganda, bo‘linganda, ajralib chiqqanda yoki qayta tashkil etilganda) yoki yuridik shaxs tomonidan — uning ishtirokchisiga (ta’sischisiga, a’zosiga) yoxud yuridik shaxsning ishtirokchisi (ta’sischisi, a’zosi) hisoblangan yuridik shaxsga — avtotransport vositasining avvalgi egasi.

Oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) davlat raqam belgilari avtotransport vositasining avvalgi egasi tomonidan saqlanmaganda, ular keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda avtotransport vositasi yangi egasining arizasiga asosan o‘sha avtotransport vositasida saqlanadi.

  • Oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha avtotransport vositalari uchun oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) davlat raqam belgilari avtotransport vositalarining egalari tomonidan saqlanmaganda, belgilangan tartibda hududiy DYHXX organlari tomonidan olib qo‘yiladi va birjaning axborot bazasida ochiq savdoga belgilangan tartibda ularni keyinchalik berish uchun chiqariladi.
Chat