Umumta’lim maktabining 1-sinfiga bola 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi va ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
Mikrohudud — muayyan davlat umumta’lim maktabiga biriktirilgan hudud.
Ota-ona yoki qonuniy vakil har yili 20 iyundan 31-iyulga qadar:
Davlat xizmati elektron tarzda ko‘rsatilmaydigan hududlarda qabul haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda vazirlik tizimiga kiritiladi.
Bola doimiy yashash va amalda istiqomat qilish manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga qabul qilinadi.
Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan oila farzandlari 1-avgustdan keyin mikrohududdan tashqari maktablardagi bo‘sh o‘rinlarga qabul qilinadi.
Agar mikrohududda tanlangan ta’lim tilida sinf bo‘lmasa, shu tilda ta’lim beriladigan yaqin maktab biriktiriladi.
Elektron so‘rovnoma qabul qilingach, ariza beruvchi bolasi bilan birga onlayn navbatda belgilangan vaqtda maktabga boradi va bolaning sog‘lig‘i haqidagi tibbiy ma’lumotnomani taqdim etadi.
Qabul komissiyasi bolani qabul qilish yoki asoslantirilgan holda rad etish haqida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
1-avgustdan keyin mikrohudud bo‘yicha qabul yakunlangach, bo‘sh o‘rinlar mavjud maktablarga elektron tarzda murojaat qilish mumkin.
Maktab qabul yoki rad etish haqida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan bolaning tibbiy ma’lumotnomasi uch ish kuni ichida yangi maktabga topshiriladi.
Qabul quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Boshqa asoslar bo‘yicha qabulni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qayta murojaat qilish mumkin.