Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9875 marta o'qildi

Xalqaro tijorat arbitrajiga taraflarning kelishuviga binoan tijorat xususiyatiga ega bo‘lgan ham shartnomaviy, ham shartnomadan tashqari barcha munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar berilishi mumkin.

Arbitraj — doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oshirilishidan qat’i nazar, nizoni hal etish tartib-taomili.

Agar:

1) arbitraj kelishuvi taraflarining tijorat korxonalari uni tuzish paytida turli davlatlarda joylashgan bo‘lsa; yoki
2) quyidagi joylardan biri taraflar o‘z tijorat korxonalariga ega bo‘lgan davlatdan tashqarida joylashgan bo‘lsa:
a) arbitraj joyi, agar u arbitraj kelishuvida yoki unga muvofiq belgilangan bo‘lsa;
b) tijorat munosabatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning katta qismi ijro etilishi kerak bo‘lgan har qanday joy yoki nizo predmeti bilan ko‘proq chambarchas bog‘liq bo‘lgan joy; yoki
3) taraflar arbitraj kelishuvining predmeti bittadan ko‘proq mamlakat bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishib olgan bo‘lsa, arbitraj xalqaro deb hisoblanadi.

Agar taraflar boshqacha shartlashmagan bo‘lsa, biror-bir tarafning iltimosiga ko‘ra arbitraj sudi ta’minlash choralarini belgilashi mumkin.

Ta’minlash chorasi, u arbitraj hal qiluv qarori shaklida yoki biror-bir boshqa shaklda belgilanganligidan qat’i nazar, har qanday vaqtinchalik choradan iborat bo‘lib, uning yordamida nizoni uzil-kesil hal qiladigan qaror qabul qilinishidan oldingi har qanday paytda arbitraj sudi u yoki bu tarafning:

  • nizo hal etilayotganda mavjud bo‘lgan holatni yoki nizo hal etilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni saqlab turishi yoki tiklashi;
  • hozirgi yoki muqarrar zararning yoki arbitrajning o‘ziga etadigan zararning oldini olish maqsadida choralar ko‘rishi yoki bunday zarar etkazishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishdan tiyilishi;
  • aktivlarni saqlash uchun mablag‘larni arbitrning keyinchalik qabul qilinadigan hal qiluv qarori bu mablag‘lar hisobidan ijro etilishi mumkin bo‘lishi uchun berishi;
  • ishga taalluqli bo‘lishi va nizoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan dalillarni saqlashi to‘g‘risida farmoyish beradi.

Agar taraflar boshqacha shartlashmagan bo‘lsa, taraf ta’minlash chorasini belgilash to‘g‘risidagi iltimosni so‘ralayotgan ta’minlash chorasining maqsadlariga zarar etkazmaslik majburiyatini biror-bir tarafning zimmasiga yuklatuvchi dastlabki qarorni chiqarish haqidagi ariza bilan birga, har qanday boshqa tarafni xabardor qilmagan holda taqdim etishi mumkin.

Agar arbitraj sudi ta’minlash chorasini belgilash to‘g‘risidagi iltimos bo‘yicha axborotni ushbu chora qaysi tarafga nisbatan belgilanayotgan bo‘lsa, o‘sha tarafga oldindan oshkor etish bunday choraning maqsadlariga zarar etkazishi mumkin deb hisoblasa, dastlabki qarorni chiqarishi mumkin.

Arbitraj joyi

Agar taraflar boshqacha shartlashmagan bo‘lsa, muayyan nizoga taalluqli arbitraj muhokamasi ushbu nizoni arbitrajga topshirish to‘g‘risidagi iltimos javobgar tomonidan olingan kunda boshlanadi.

Arbitraj muhokamasini tugatish

Chat