Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 0 marta o'qildi

Diplomatik, xizmat va rasmiy vizalar

  • D-1 — O‘zbekistonda doimiy akkreditatsiya qilingan diplomatik pasport egalariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
  • D-2 — vaqtincha kelayotgan diplomatik pasport egalariga 3 oygacha beriladi.
  • DT — turistik maqsadda kelayotgan diplomatik pasport egalariga 1 oygacha beriladi.
  • S-1 — doimiy akkreditatsiya qilingan, diplomatik pasportga ega bo‘lmagan vakolatxona va xalqaro tashkilot xodimlariga beriladi.
  • S-2 — vaqtincha kelayotgan xizmat safaridagi shaxslarga 3 oygacha beriladi.
  • S-3 — O‘zbekiston davlat tashkilotlarining taklifi bilan xizmat safariga keluvchilarga 1 yilgacha beriladi.
  • O — rasmiy va davlat tashriflari doirasidagi delegatsiya a’zolariga tadbirlar muddatiga beriladi.

Ishbilarmonlik va turistik vizalar

  • B-1 — O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari, banklar va moliya tashkilotlari xodimlariga beriladi.
  • B-2 — ishbilarmonlik maqsadida vaqtincha keluvchilarga 1 yilgacha beriladi.
  • T — yakka tartibda turistik maqsadda keluvchilarga 1 oygacha beriladi.
  • TG — kamida 5 kishidan iborat turistik guruh a’zolariga 1 oygacha beriladi.
  • PLG — ziyorat turizmi maqsadida keluvchilarga 2 oygacha beriladi.

Mehnat, matbuot va mehmon vizalari

  • E — O‘zbekistonda mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi.
  • J-1 — Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy OAV vakillariga beriladi.
  • J-2 — vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy OAV vakillariga beriladi.
  • PV-1 — O‘zbekiston fuqarosining taklifi bo‘yicha mehmon bo‘lib keluvchilarga 1 yilgacha beriladi.
  • PV-2 — O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan chet el fuqarosining taklifi bo‘yicha 1 yilgacha beriladi.
  • VTD — O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxslar va ularning oila a’zolariga, O‘zbekistonda doimiy yashovchi qarindoshining taklifi asosida 2 yilgacha beriladi.

Ta’lim, ilm-fan va tibbiy vizalar

  • STD — oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuv asosida vaqtincha tahsil oluvchi talabalarga 1 yilgacha beriladi.
  • A-1 — O‘zbekistonda doimiy asosda tahsil oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha beriladi.
  • A-2 — ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yurituvchi xorijiy o‘qituvchilarga 1 yilgacha beriladi.
  • A-3 — ilmiy-tadqiqot yoki qisqa muddatli o‘qituvchilik faoliyati uchun 3 oydan 2 yilgacha beriladi.
  • MED — tibbiyot muassasasi taklifi bo‘yicha davolanish uchun keluvchilarga 3 oygacha beriladi.

Transport, chiqish va tranzit vizalari

  • C-1 — havo kemalari va temir yo‘l tarkiblarining xorijiy ekipaj a’zolariga 1 yilgacha beriladi.
  • C-2 — xalqaro yuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha beriladi.
  • EXIT — kirish vizasi muddati o‘tkazib yuborilgan shaxsning O‘zbekistondan chiqishi uchun 1 oygacha beriladi.
  • TRAN — O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tuvchilarga 3 kungacha beriladi.

Investitsiya va IT vizalari

  • INV — belgilangan miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga 3 yilgacha beriladi va O‘zbekistondan chiqmasdan uzaytirilishi mumkin.
  • IT — IT-park tavsiyasiga ega xorijiy investorlar, mutaxassislar, startap ishtirokchilari va ayrim xorijiy professor-o‘qituvchilarga 3 yilgacha beriladi va O‘zbekistondan chiqmasdan uzaytirilishi mumkin.

Elektron viza

Elektron viza — rasmiy elektron tizim orqali rasmiylashtiriladigan va qog‘oz viza stikerini olish uchun konsullik muassasasiga borishni talab qilmaydigan kirish vizasi.

Elektron viza olish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga 30 kungacha bo‘lish uchun bir martalik, ikki martalik yoki ko‘p martalik elektron viza berilishi mumkin.

Viza turi safarning haqiqiy maqsadiga mos bo‘lishi shart. Masalan, turistik yoki mehmon vizasi mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallanmagan.

Chat