Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9823 marta o'qildi

Qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ta’lim oluvchilarning boshqa toifalari qon va uning tarkibiy qismlarini topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni mashg‘ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni o‘tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadilar.

Donorga har safar qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bir kun beriladi. Donorning xohishiga ko‘ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi mumkin.

Chat