Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8588 marta o'qildi

Opyerator (provaydyer)ning abonent bilan o‘zaro munosabati yozma (elektron) shaklda tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Jismoniy yoki yuridik shaxs shartnoma tuzishdan oldin quyidagi axborotlarni olishga haqli:
  • asosiy va qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxati;
  • xizmatlar narxi, tariflar;
  • aloqani tashkil etish va tarmoqdan foydalanish usullari;
  • tarmoqqa ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi;
  • xizmatlarni taqdim etish qoidalari;
  • xizmatning sifatliligi darajasi.

  

Tarmoq orqali asosan quyidagi xizmat turlari taqdim etiladi:
  • internyetdan foydalanish;
  • axborot resurslari va tizimlaridan foydalanish;
  • elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta);
  • IP-adres ajratish va tutib turish;
  • xosting xizmatlari.

  

Abonent (foydalanuvchi) huquqlari
  • opyerator (provaydyer) xizmatlaridan foydalanish;
  • opyerator (provaydyer)dan majburiyatlari bajarishilini talab qilish;
  • shartnomada ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq to‘lashni rad etish;
  • opyerator (provaydyer) aybi bilan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
  • opyerator (provaydyer) bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish.
  • xizmat ko‘rsatish muddati buzilganda, abonent quyidagilarni talab qilishga haqli:
  • kamchiliklarni bepul bartaraf etish;
  • xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi muddatni belgilash;
  • narxni qayta hisoblashni talab qilish.

Opyerator (provaydyer) tomonidan abonentga taqdim etiladigan asosiy ma’lumotlar
  • o‘zi haqidagi ma’lumot (nomi, pochta manzili, ish tartibi va telefon raqamlari);
  • litsenziya raqami va amal qilish muddati;
  • xizmat ko‘rsatish tartibi;
  • xizmat ko‘rsatishdagi cheklovlar;
  • tarif rejalari;
  • xizmatlardagi imtiyoz va chegirmalar;
  • pulli va pulsiz xizmatlar ro‘yxati;
  • xizmatlarga haq to‘lash muddatlari va shakllari;
  • abonentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
  • iste’molchilarga axborot beruvchi xizmatning telefon raqamlari (mavjud bo‘lganda).
 

Quyidagi ma’lumotlar abonentning so‘roviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
  • tarmoq orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi;
  • tariflar to‘g‘risidagi;
  • abonentga uning shaxsiy hisobvarag‘ining holati va qarzdorligi to‘g‘risidagi;
  • texnik nosozliklar to‘g‘risidagi.

  

Opyerator (provaydyer) majburiyatlari
  • shartnomada belgilangan muddat va hajmda ishlarni bajarish (xizmat ko‘rsatish);
  • xizmatlarning sifatini ta’minlash;
  • xizmat ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida – o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin axborot taqdim etish;
  • shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qayta hisob-kitob qilish;
  • abonent (foydalanuvchi)ga ta’mirlash-profilaktika ishlari to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish;
  • xizmatlar uzluksiz va kecha-kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash;
  • abonentning hisob varag‘i joriy holati to‘g‘risida unga batafsil axborot taqdim etish;
  • axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
  • abonentlarning og‘zaki murojaatlarini darhol, yozma yoki elektron murojaatlari kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqish;
  • tarmoqdan foydalanish qoidalariga rioya etish yuzasidan har oyda 1-marta eslatma xabarini berish.

Abonent (foydalanuvchi) majburiyatlari
  •  to‘lovni  vaqtida amalga oshirish;
  • opyerator (provaydyer)ni nosozliklar yoki o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish;
  • opyerator (provaydyer)ga yetkazilgan zararni qoplash;
  • GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga o‘xshash vositalardan foydalanish niyati bo‘lganda, bu haqda opyerator (provaydyer)ni ogohlantirish.

Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:

 

  • O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumiga tahdid soluvchi, shuningdek pornografiyani targ‘ib qiluvchi va boshqa taqiqlangan axborotni tarqatmaslik;
  • fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotni tarqatmaslik;
  • tarqatilishi taqiqlangan axborotlardan foydalanmaslik;
  • tarmoqdan foydalana olish atributlarini boshqa shaxslarga bermaslik (ko‘paytirmaslik);
  • tarkibiga kompьyutyer viruslari yoki zararli axborotni olgan ma’lumot yoxud dasturiy ta’minotni e’lon qilmaslik va uzatmaslik;
  • mualliflik huquqlarini buzmaslik.

Intyernyet provaydyerlariga berilgan litsenziyalar reyestri bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Opyerator (provaydyer) tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatilsa:

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • Aloqa inspeksiyasiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting.
Chat