Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17723 marta o'qildi

Yo‘lovchini chiqarish va tushirish:
  • yo‘lovchini avtotransportga chiqarish va undan tushirish faqat to‘xtab o‘tish manzillarida amalga oshirilishi mumkin;
  • yo‘nalishda “talabga ko‘ra” to‘xtash joylari bo‘lganda, yo‘lovchi haydovchiga avtotransportni to‘xtatish haqida oldindan ma’lum qilishi kerak;
  • yo‘lovchi yo‘l kartochkasini yoki avtobusda yurish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni avtobusga chiqish vaqtida ko‘rsatadi.

Chipta sotib olish:
  • yo‘lovchi avtobusda yurish uchun yo‘l chiptasi sotib olishi, uni yo‘l davomida saqlashi va nazoratchiga ko‘rsatishi shart;
  • yo‘l chiptalari kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib olinadi.

Yo‘lkira kartochkalari:
  • yo‘lkira kartochkasi – yo‘l haqini to‘lash uchun mo‘ljallangan, haq evaziga oldindan sotib olinadigan va chiptaning o‘rnida foydalaniladigan yo‘l hujjati.
  • yo‘lkira kartochkasi maxsus shoxobchalarda, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchidan sotib olinishi mumkin;
  • yo‘lkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi;
  • yo‘lkira kartochkasi seriyasi va transport turlari bo‘yicha bo‘linadi;
  • imtiyozli kartochkalar – pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun haqiqiy hisoblanadi;
  • yo‘lkira kartochkalari taksilar, shahar atrofidagi va shaharlararo (viloyatlararo va xalqaro) yo‘nalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi.

Chiptaga oldindan buyurtma berish:
  • yo‘lovchi buyurtma bergan va haqi to‘langan chiptalar kassada yo‘lovchi talab qilib olgungacha saqlanadi;
  • yo‘lovchi buyurtma bergan, lekin haqini to‘lamagan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida saqlanadi. Bunda yo‘lovchi avtobus jo‘nashidan kamida 1 soat oldin talab qilib olishi kerak;
  • olinmagan chiptalar sotish uchun joriy sotish kassasiga beriladi.

Shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarda chipta sotib olish
  • joriy kungi reyslarga – avtobus jo‘naydigan kunda shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarning boshlang‘ich manzillaridagi kassadan;
  • oraliq manzillardagi kassalardan – avtobusda bo‘sh o‘rinlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot olingan vaqtdan boshlab;
  • kassa tashkil etilmagan joylarda avtobus jo‘nagungacha – haydovchidan;
  • oldindan chipta sotish kassalaridan – avtotransport jo‘nashidan 10 sutka oldin.

Boshlang‘ich va oraliq manzillardagi kassalarda joriy kungi qatnovlarga chiptalar sotish avtobus jo‘nashidan 5 daqiqa oldin to‘xtatiladi.

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi avtotransportga jo‘nash vaqtidan boshlab:
  • 3 soat atrofida kechikkanda, chipta bahosining 25 foizi qo‘shimcha to‘lansa chipta tiklanadi;
  • kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida 3 sutka mobaynida kechikkanda, unga chipta uchun to‘langan mablag‘ 25 foizi chegirib qolingan holda qaytariladi.

Quyidagi holatlarda avtotransport jo‘naguncha yo‘lovchi chiptani qaytarib berishi mumkin:
  • avtotransport jo‘nash jadvaliga nisbatan 1 soatdan ko‘proq kechikkanda;
  • yo‘lovchiga chipta sotilganidan pastroq klassli avtotransportdan joy berilganda;
  • yo‘lovchiga chiptada ko‘rsatilgan joy berilmaganda.

Bunda yo‘lovchi chipta narxini qaytarib olish huquqiga ega.

Chat