Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10374 marta o'qildi

Biometrik harakatlanish hujjati — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.


Harakatlanish hujjati olish uchun:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun o‘zi doimiy ro‘yxatda turadigan joydagi ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati 5 yil muddatga beriladi.
  • Bir yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati 2 yil muddatga beriladi.
  • Harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugagach, shaxs uni ichki ishlar organlariga topshirishi shart.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish hujjati 10 ish kuni mobaynida, xorijda — 15 ish kuni mobaynida beriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • belgilangan shakldagi ariza;
  • ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun berilgan guvohnomasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun);
  • ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga etmaganlar uchun) xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga etmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
  • 35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
  • davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya.
  • 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin.

16 yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati ularning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, harakatlanish hujjati berish haqida ariza bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga beriladi.

Harakatlanish hujjati
  • amal qilish muddati tugaganida;
  • harakatlanish hujjati blankasi yaroqsiz holga kelganida;
  • egasi biror-bir davlat fuqaroligini qabul qilganida;
  • uni rasmiylashtirish chog‘ida ataylab yolg‘on ma’lumotlar taqdim qilinganida o‘z kuchini yo‘qotadi.

Chat