Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 85450 marta o'qildi

Bolaning yoshidan qa’ti nazar, dunyoning istalgan mamlakatiga olib chiqish uchun unga biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. Bunda ota-onaning biometrik pasportiga bolani yozish nazarda tutilmagan.

Ota-onaning roziligi
  • Boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chiqishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab etiladi.
  • Doimiy yashash uchun chiqishda ota-onadan birining roziligi bo‘lmasligi yoki bolani olib chiqishga qo‘yilgan taqiq ichki ishlar organlari tomonidan biometrik pasportni rasmiylashtirish yoki davlat chegarasini kesib o‘tishni rad etishga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Bolani olib chiqishga taqiq ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Biometrik pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • belgilangan shakldagi ariza-anketa;
  • biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
  • ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
  • vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
  • harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘limining belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya;
  • ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga etmaganlar uchun;
  • fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga etmaganlar uchun.

Qo‘shimcha tavsiyalar
  • horijga safar qilishda fuqarolarga boradigan davlatning diplomatik yoki konsullik muassasasining veb-saytida davlat qoidalarini o‘rganish;
  • bundan tashqari, chet elga borishdan oldin, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining manzillari va telefon raqamlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim bo‘lgan davlatda ham tavsiya etiladi.

Chat