Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22414 marta o'qildi

Barcha xodimlarga  ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda 15 ish kunidan kam bo‘lmagan yillik mehnat ta’tillari beriladi.

Yillik uzaytirilgan asosiy ta’tillar

Quyidagilarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:

  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga — 30 kalendarь kun;
  • ishlayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — 30 kalendarь kun.

Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi.

  • pedagoglarga - 48 kalendarь kun;
  • pilotlar (uchuvchilar) - 45 kalendarь kun;
  • deputat, senatorlar, sudьyalar - 36 kalendarь kun;
  • prokuratura organlari xodimlari, qutqaruv xizmatlari, bojxona xizmati xodimlari, ichki ishlar organlari xodimlariga - 30 kalendarь kun.

Yillik qo‘shimcha ta’tillar quyidagi xodimlarga beriladi
  • noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlarga;
  • tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir va noqulay joylarda ishlayotganlarga.
  • Korxonalarda qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) belgilanadi.
  • Qo‘shimcha ta’til muddati, alohida mehnat sharoitlari uchun ularni taqdim etish shartlari va tartibi, o‘ta zararli va og‘ir ish sharoitlari haqidagi ma’lumotlar bilan havolada tanishing.

Chat