Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 94053 marta o'qildi

Neselьskoxozyaystvennыe zemli – v sobstvennostь i v arendu | NORMA.UZ

Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan er uchastkalari

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari xususiylashtirilishi mumkin.

Er uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Xususiylashtirilayotgan er uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori bilan er uchastkasi huquq egasi haqidagi ma’lumotlar o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim.

Murojaat qilish tartibi

Ariza beruvchi yoki uning vakolatli vakili:

Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinganda arizani markaz xodimi ariza beruvchi nomidan to‘ldiradi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda ariza mustaqil ravishda to‘ldiriladi.

Arizaga zaruratga qarab quyidagi hujjatlarning skaner qilingan nusxalari ilova qilinadi:

  • vakil murojaat qilganda — belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
  • yuridik shaxs uchun — ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa, tegishli boshqaruv organining xususiylashtirish haqidagi qarori;
  • er uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalikda bo‘lsa — barcha huquq egalarining kelishuvi yoki sud hujjati.

Yig‘im va arizani tekshirish

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Ariza «Yerxususiylashtirish» axborot tizimi orqali vakolatli organlarga yuboriladi. Axborot tizimlari orqali:

  • er uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani;
  • ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq yoki xatlov mavjud emasligi;
  • er uchastkasiga oid tugallanmagan davlat xizmati yoki sud ishi mavjud emasligi;
  • er uchastkasida xususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’ekti joylashmagani;
  • er uchastkasi xususiylashtirish talablariga muvofiqligi tekshiriladi.

Davlat kadastrlari palatasining tuman yoki shahar filiali asosiy kadastr ma’lumotlarini 5 ish kuni ichida o‘rganadi. Er uchastkasi xavfli moddalar bilan zararlangan hududda joylashgan-joylashmagani tegishli ekologiya organi tomonidan ham 5 ish kuni ichida tekshiriladi.

Sotib olish qiymati va natijani rasmiylashtirish

Ariza kelishilsa, xususiylashtirilayotgan er uchastkasining sotib olish qiymati bo‘yicha hisobvaraq shakllantiriladi. Qiymat er solig‘ining xususiylashtirish vaqtidagi bazaviy stavkasiga nisbatan belgilangan me’yorlar asosida hisoblanadi.

Ariza beruvchi to‘lov haqidagi xabarnomani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida er uchastkasining sotib olish qiymatini to‘liq to‘lashi kerak. To‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, xususiylashtirish rad etiladi.

To‘lov to‘liq amalga oshirilgandan keyin er uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi shakllantiriladi. Mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, davlat orderi va Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan ko‘chirma ariza beruvchiga YaIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali yuboriladi.

Rad etish va shikoyat qilish

Xususiylashtirishni faqat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin. Rad etishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilsa, ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, davlat xizmati uchun yig‘imni qayta to‘lamasdan murojaat qilishga haqli.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Chat