Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8245 marta o'qildi

Chiqindini olib ketish davriyligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

To‘planish me’yori kamida 5 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

  • Qattiq maishiy chiqindining to‘planish me’yori ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylar bo‘yicha – uyning obodlik darajasiga qarab bir kecha-kunduzda bir kishi hisobiga belgilanadi.

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi
  • chiqindi to‘plash shoxobchasidan – 1 kunda bir marta;
  • yakka tartibdagi turar joydan “signal” usulida – 3 kunda bir martani tashkil qiladi.

  • Sanitar tozalash markazlari xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot chiqindini olib ketish jadvaliga rioya qilishi yuzasidan monitoring (chiqindi tashish mashinasi harakatini onlayn kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda) yuritadi va hisobini olib boradi.
  • Chiqindini to‘plash va olib ketish xizmati ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilganda dalolatnoma tuziladi.
  • Dalolatnomani iste’molchi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakili, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki shirkati vakili imzolaydi.

Dalolatnoma chiqindi to‘plash va olib ketish xizmati uchun to‘langan haqni qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.

Chat