Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5799 marta o'qildi

Umumiy ovqatlanish korxonasi menyusi

Ushbu korxonada davlat va xorijiy tilda yozilgan taomnoma bo‘ladi.

Umumiy ovqatlanish korxonasi iste’molchiga to‘liq nomi, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulot, tovar va xizmat to‘g‘risidagi zarur ma’lumotni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart.

Ma’lumotda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan kamida quyidagilar bo‘lishi kerak:
  • mahsulot va tovar ro‘yxati;
  • tayyor taom porsiyalari umumiy vazni (hajmi), ichimlik butilkasi sig‘imi va porsiyalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • xizmatlar ro‘yxati va ko‘rsatish shartlari;
  • xizmat narxi va to‘lash shartlari.

Ofitsiant xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasiga kirish, yopilishidan 30 daqiqa oldin, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasiga kirish yopilishidan 15 daqiqa oldin to‘xtatiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonasi ish rejimi

Umumiy ovqatlanish korxonasi ish rejimini mustaqil ravishda belgilaydi.

Sanoat korxonasi, muassasa, o‘quv yurti huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonasi ish rejimini ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishadi.

Ish soatiga barcha korxonalar majburiy tartibda rioya qilishi kerak.

Umumiy ovqatlanish korxonasi sanitariya tadbirini o‘tkazish, ta’mirlash uchun yopilganda 1 hafta oldin e’lon osib qo‘yishi kerak.

Umumiy ovqatlanish korxonasida o‘lchash vositasining bo‘lishi

Umumiy ovqatlanish korxonasida o‘lchash vositasi, tortish va o‘lchash pribori ko‘rinib turadigan joyda, ishonch tamg‘asiga yoki “O‘zstandart”ning muddati o‘tmagan tekshirish guvohnomasi bo‘lishi kerak.

Iste’molchi bilan naqd pulli hisob-kitob nazorat-kassa mashinasi orqali amalga oshiriladi.

Umumiy ovqatlanish korxonasi rahbari xodimni nazorat-kassa mashinasini ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.

Umumiy ovqatlanish korxonasida hisob-kitob usuli va to‘lov shakli

Umumiy ovqatlanish korxonasi hisob-kitobning quyidagi usulidan foydalanishi mumkin:

  • oldindan to‘lash;
  • taom tanlangandan keyin to‘lash;
  • ovqatlandan keyin to‘lash;
  • o‘zi hisoblash.

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘yicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonasi va kulinariya do‘konlarida hisob-kitob vaqtida iste’molchiga kassa cheki beriladi.

Ofitsiant xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasida hisob-kitob ofitsiant bergan schyot yoki nazorat-kassa mashina cheki bo‘yicha amalga oshiriladi.

Barcha umumiy ovqatlanish korxonasida to‘lov tyerminali bo‘lishi shart.

Kulinariya va yarim tayyor mahsulotlarni sotish

Umumiy ovqatlanish korxonasi taom, mahsulot, ichimlik assortimentini mustaqil ishlab chiqadi, taom retsepturasini tuzadi va tasdiqlaydi.

Kulinariya va yarim tayyor mahsulotlar do‘konida, bufetda sotiladigan tovar va mahsulotlarda uning nomi, sorti, o‘lchovi, og‘irligi yoki narxi ko‘rsatilgan, yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnoma bo‘lishi kerak.

Mahsulotning (xizmatning) talabga muvofiqligini tekshirish

Umumiy ovqatlanish korxonasi iste’molchiga sotilgan taom, kulinariya mahsuloti, tovar o‘lchami va og‘irligini, shuningdek sotilayotgan mahsulotning (xizmatning) talabga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak.

Yakka tartibda umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs iste’molchi iltimosiga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ko‘rsatishi kerak.

Xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish

Buyurtmani bajarish muddati buzilganda yoki kamchilik aniqlanganda iste’molchi o‘z tanloviga ko‘ra:

  • xizmat ko‘rsatishni boshlash yoki tugallashning yangi muddatini tayinlashga va ko‘rsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;
  • xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;
  • maqbul muddatda kamchilikni bepul bartaraf etishni yoki zarur sifatdagi ana shunday mahsulotni tayyorlashni yoki uni boshqa mahsulotlar bilan almashtirishni talab qilishga;
  • xizmatdan voz kechishga haqli.

Iste’molchi xizmat ko‘rsatishni boshlash va (yoki) tugallash muddati buzilishi sababli o‘ziga yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishini talab qilishga haqli.

Javobgarlikka sabab bo‘luvchi holatlar:

Taom amal qilish muddatiga muvofiq holda sotilishi kerak.

Kechagi kundan qolgan go‘sht, maydalangan baliq, makaron, qayla, yorma mahsulotidan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Javobgarlik quyidagi hollarda ham vujudga keladi:
  • tovar yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovar saqlash sharoiti buzilganda;
  • ovqatni iste’mol qilish uchun zarur shart-sharoit bo‘lmaganda;
  • korxona nomi, ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmaganda, xaridorga ma’lumotni berishdan bosh tortganda;
  • korxona ish rejimiga rioya qilmaganda;
  • tovar va mahsulotda narxnoma bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri narxnoma qo‘yilganda;
  • ruxsat byerilmagan anjom qo‘llanilganda;
  • texnik reglament yoki standart talablariga javob bermaydigan tovar va mahsulotni sotish, mahalliy yig‘imlarni to‘lamaslik yoki vaqtida to‘lamaslik.

Mahsulot (xizmat)dagi kamchilik o‘rnini qoplash

Kulinariya mahsulot (xizmat)dagi kamchilik aniqlanganda umumiy ovqatlanish korxonasi iste’molchi tanloviga ko‘ra:

  • kamchiliklarni bepul bartaraf etishi;
  • kulinariya mahsuloti (xizmatlar) uchun to‘lov miqdorini kamaytirishi;
  • qo‘shimcha to‘lovsiz xuddi shunday taomni, kulinariya mahsulotini tayyorlashi (xizmatni takroran bajarishi);
  • iste’molchi sifatsiz kulinariya mahsuloti sotib olish (xizmatlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatni to‘liq qaytarishi;
  • yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashi shart.

Umumiy ovqatlanish korxonasida alkogol sotish tartibi

Umumiy ovqatlanish korxonasida tayyor mahsulot va xarid qilingan tovar idish va o‘ramda olib kyetilishi mumkin.

Alkogolli ichimlikni olib ketish uchun sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy ovqatlanish korxonasi alkogolni ruxsat guvohnomasi asosida sotadi.

Polimyer plyonkali pakyetni bepul berish, qiymatini tovar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, o‘z tannarxidan past narxda sotish (tutqichsiz va tovarning ajralmas qismi hisoblangan pakyet bundan mustasno) taqiqlanadi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolь ichimligi preyskurantida ichimlik nomi, butilka sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak.

Alkogolь mahsulotlari sotishni taqiqlash
  • bolalar o‘yinchoqlari, konfyet yoki bolalar tovari ko‘rinishida;
  • alkogolning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuv bo‘lmaganda;
  • alkogolь mahsuloti idishida iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lmaganda;
  • 20 yoshga to‘lmaganlarga.

Alkogolь mahsulotini sotuvchi 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi, hujjat bo‘lmaganda esa alkogolь mahsulotini sotishni rad etishi shart.

Javobgarlikka tortish asoslari:
  • narxni asossiz oshirish;
  • tovar, mahsulotni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmat ko‘rsatmaslik;
  • tovar, mahsulotni (xizmatni) chek byermasdan sotish;
  • xaridorga tovar va mahsulot vaznini tekshirishga imkoniyat yaratishdan bosh tortish;
  • nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priboridan foydalanish;
  • quyidagilarga amal qilmaslik:
  • to‘lov tyerminali bilan jihozlash va hisob-kitobni amalga oshirish tartibiga;
  • nazorat-kassa mashinasini qo‘llash tartibiga;
  • alkogolь va tamaki mahsulotini sotish;
  • sifatsiz tovar, kulinariya buyumini va atayin nostandart mahsulot sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz tovarni, mahsulotni almashtirib berishni yoki pulni qaytarishdan bosh tortish;
  • tovar, mahsulotlar sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki syertifikatsiyalangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatsiz sotish;
  • ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchi nomi va joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarni sotish.

Iste’molchi talablarini rad etish

Umumiy ovqatlanish korxonasi xizmat ko‘rsatishda muddatning buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yoki iste’molchi aybi bilan sodir bo‘lganligini isbotlasa iste’molchi talabi qondirilmaydi.

Chat