Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5910 marta o'qildi

Har bir yo‘lovchiga qog‘oz blanka yoki elektron shaklda chipta rasmiylashtirilishi lozim

Chiptada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar
  • sotish joyi va sanasi;
  • jo‘nash vaqti;
  • havo kemasining jo‘nash va qo‘nish manzili, oraliq qo‘nish manzillari;
  • tashish shartnomasini bajarishga javobgar tashuvchi nomi.

Chipta bron qilish
  • band qilish (bron) chipta rasmiylashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi;
  • bron qilingan joy (chipta) haqidagi ma’lumotni boshqa shaxslarga oshkor qilish taqiqlanadi;
  • yo‘lovchi bron bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmasa, bron bekor qilinishi mumkin.

Chipta uchish joyidan qo‘nish manziligacha haqiqiy hisoblanadi

Quyidagi hollarda yo‘lovchi tomonidan bron bekor qilinmaganda, undan yig‘im undirilmaydi:
  • tashuvchining aybi bilan;
  • sog‘ligi yomonlashganligi sababli.

Chipta muddatini uzaytirish asoslari
  • qatnov bekor qilinganda;
  • parvozlar jadvalida qatnov bajarilmasa;
  • yo‘lovchi qatnovlar tutashish joylariga etib kelmasligiga sabab bo‘lgan harakatlar qilsa;
  • yo‘lovchi to‘lagan xizmat ko‘rsatish toifasi o‘zgarsa;
  • yo‘lovchiga bron qilingan joy berilmasa.

Chiptada ko‘rsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi ma’lumot parvozlar jadvaliga muvofiq bo‘lishi kerak.

Tashuvchi quyidagi ma’lumotlarni aholi e’tiboriga etkazishi shart:
  • parvozlar yo‘nalishi va jadvallarini;
  • yo‘lovchi va yuklarni tashish tariflarini;
  • aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish sharoitlarini.

Yo‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish
  • tashuvchi yo‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanish va yakunlanish vaqti haqida xabardor qiladi;
  • bagajni ro‘yxatdan o‘tkazishda yo‘lovchi o‘z pasportini taqdim etadi;
  • yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tolmasa, qatnovga qo‘yilmaydi;
  • yo‘lovchi kechikkanligi uchun yig‘imni to‘laganidan so‘ng, bo‘sh o‘rin bo‘lganda boshqa qatnovda tashilishi mumkin.

Chat