
Fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilarga meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli, moyli va sholi ekinlarini etishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Kredit:
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun zarur aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida yillik 14 foiz stavkada 12 oylik revolьver kredit ajratiladi.
Ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan avval olgan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Revolьver kredit — belgilangan limit doirasida qarz mablag‘laridan qayta-qayta foydalanish imkonini beruvchi kredit shakli.
«Mahalla ettiligi» tavsiyasi asosida shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan va elektron onlayn-auktsion orqali dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er maydonini ijaraga olgan yoshlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilish uchun:
Qaror doirasidagi kreditlarni «mahalla ettiligi»ning kafilligi asosida ajratishga ham ruxsat etilgan.
Eksport shartnomasi mavjud bo‘lgan meva-sabzavotchilik klasterlari, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklari hosilni xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
Bunda sug‘urta puli sug‘urtalanayotgan hosil qiymatining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.
Meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Kompensatsiya miqdori har bir mutaxassis uchun bir oyda 1 000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi kerak.
Eslatma: imtiyozli kredit maqsadli hisoblanadi. Kredit turiga qarab uning mablag‘laridan faqat belgilangan qishloq xo‘jaligi faoliyati yoki aylanma mablag‘larni moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin.