Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari, ishtirokchilari yoki vakolatli organi tomonidan qabul qilinadi.
Qarorda, odatda:
Tugatuvchi tayinlangan paytdan boshlab tashkilot ishlarini boshqarish vakolati unga o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga muvofiq, tugatuvchi qaror qabul qilinganidan keyingi ish kunidan kechiktirmay uning nusxasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga shaxsan yoki internet orqali taqdim etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ma’lumotni avtomatlashtirilgan tizimga kiritadi, tegishli davlat organlari va tashkilotlarini elektron tarzda xabardor qiladi hamda tashkilot tugatilayotganligi haqida rasmiy e’lon joylashtiradi.
E’londa kreditorlarning talablarini qabul qilish muddati ko‘rsatiladi. Bu muddat e’lon chiqqan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas.
Tugatuvchi:
Kreditorlar talablarini qabul qilish muddati tugagach, soliq tekshiruvi natijalari va ijro hujjatlari hisobga olinib oraliq tugatish balansi tuziladi. Balans muassislar yoki ishtirokchilar tomonidan tasdiqlanadi.
Kreditorlarning e’tirof etilgan talablari qonunchilikda belgilangan navbat asosida qanoatlantiriladi. Qarzlar to‘lanib, hisob-kitoblar yakunlangandan keyin yakuniy tugatish balansi tuziladi.
Tugatuvchi bank hisobvaraqlarini yopadi, saqlanishi shart bo‘lgan buxgalteriya, kadrlar va boshqa hujjatlarni davlat arxiviga topshiradi.
Tashkilotning hisobvaraqlari xatlangan yoki 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lsa, qarz va xatlov bartaraf etilmaguncha hisobvaraqni yopish mumkin emas.
Barcha talablar bajarilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlarni elektron tizim orqali tekshiradi va tashkilot tugatilganligi haqida davlat reestriga yozuv kiritadi.
Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan kundan boshlab 6 oydan oshmasligi kerak.
Belgilangan muddatda zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish jarayoni to‘xtatilishi va tashkilotning faoliyati tiklanishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud tashkilotga ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanmaydi. Bunday holatda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik tatbiq etiladi.