Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14559 marta o'qildi

Ushbu qarorga muvofiq, fuqarolar tomonidan Intyernyet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Barcha tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqariladi, qolgan qismining mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi.

Ushbu qarorga ko‘ra, transport, tovar va yuklar majburiy dezinfeksiya qilinadi. 

Birinchi bosqichda:
  • Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supyermarkyet, gipyermarkyetlar va kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalari bilan jihozlanadi;
  • Respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklar majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

Davlat idora va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlarni qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimiga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy fuqarolar va O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslar:
  • komissiya qarorlariga va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
  • O‘zbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus qayd etilgan hududda bo‘lgan vaqti va joyi to‘g‘risida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
  • o‘zida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va harakatlanish yo‘nalishlari haqida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
  • 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolatsiya sharoitida bo‘lishga;
  • sanitariya va epidemiyalarga qarshi kurash qoidalari va izolatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga qat’iy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qo‘llash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
  • sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tishga majburdirlar.

Barcha tashkilot rahbarlari quyidagilarga rioya etishlari lozim:
  • tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini joriy etish;
  • ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va harorati yuqori xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu xodimlar haqida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar berish;

  • koronavirus yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;

  •  xodimlarga izolatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish.

 

Karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari quriladi.

Chat