Er uchastkasiga huquqni faqat ko‘chmas mulkka 15 yil egalik qilingani asosida avtomatik ravishda rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat qo‘llanilishi uchun shaxs ko‘chmas mulkka o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan bo‘lishi hamda egalik qilishning dastlabki asosi g‘ayriqonuniy bo‘lmasligi kerak.
O‘zboshimchalik bilan egallangan er uchastkasi va unda qurilgan imoratga huquqni e’tirof etish masalasi maxsus qonun asosida xatlov va belgilangan ma’muriy tartibda ko‘rib chiqiladi.
Maxsus qonun 2028-yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Biroq huquqni e’tirof etish uchun ob’ekt qonunda belgilangan toifalar va shartlarga mos bo‘lishi kerak. Er uchastkasi nizoli bo‘lsa, taqiqlangan hududda joylashsa yoki boshqa shaxsning huquqlarini buzsa, huquqni e’tirof etish rad qilinishi mumkin.
Soliq to‘langani, kommunal tarmoqqa ulangani yoki imoratdan uzoq vaqt foydalanilgani o‘z-o‘zidan mulk yoki erga bo‘lgan huquqni tasdiqlamaydi.
Merosxo‘r meros ochilgan joydagi notariusdan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma olish huquqiga ega. Qoida tariqasida, guvohnoma meros ochilgan kundan boshlab olti oy o‘tgach beriladi.
Bir nechta merosxo‘r mavjud bo‘lsa, meros ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin. Kelishuvga erishilmasa, mol-mulk va undagi ulushlar sud tartibida taqsimlanadi.
Kadastr chegaralari meros hujjatlariga mos kelmasa yoki bir merosxo‘r boshqasining ulushini egallab olgan bo‘lsa, kadastr ma’lumotlarini tuzatish talab qilinadi. Huquq to‘g‘risida nizo bo‘lganda masala sud tomonidan hal qilinadi.
Iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchini xabardor qiladi, qarzni undirish uchun tegishli hujjatlarni sudga taqdim etishi va gaz tarmog‘idan uzish choralarini ko‘rishi mumkin.
Debitor qarzdorlik sababli uzish va qayta ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qayta ulashda, avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimiga ulangan iste’molchilardan tashqari, iste’molchidan to‘lov kunidagi BHMning ikki baravari miqdorida haq undiriladi.
2026-yildan maishiy iste’molchiga tegishli yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan voyaga etgan shaxslar gaz va elektr energiyasi qarzini to‘lash bo‘yicha ro‘yxatda turgan davri uchun solidar javobgar bo‘ladi.
Ijtimoiy reestrga kiritilgan, shuningdek belgilangan mezonlarga mos, biroq Reestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalarga bazaviy me’yor doirasidagi va undan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilinadi.
Kompensatsiya quyidagi hajmlar uchun beriladi:
Ariza Davlat xizmatlari markazi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali har oyning 16-sanasiga qadar beriladi. Davlat xizmati uchun yig‘im undirilmaydi.