Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17562 marta o'qildi

Tavsiyanomalar muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagilarga:

respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;

respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Tavsiyanomalar berishga tegishli o‘quv fanlarini yaxshi o‘zlashtirib borish, harbiy xizmat davomida olingan rag‘batlantirish hamda xizmat yakunidagi test sinovida to‘plangan ballar asos bo‘ladi.

Tavsiyanoma, qoida tariqasida, muddatli harbiy xizmatchilarning 40 foiziga beriladi va ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

Chat