Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8229 marta o'qildi

Nikoh tuzilganligini qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki o‘zlarining nikohgacha bo‘lgan familiyalarida qolishlari mumkin.

Nikohlanuvchilar familiyalarining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan familiya (masalan, kuyov Axmedov kelin Shuxratova, shunda kuyov Axmedov-Shuxratov kelin Axmedova-Shuxratova bo‘ladi) umumiy familiya sifatida tanlanishi mumkin.           

Nikohlanuvchilardan biri er yoki xotinning familiyasini qabul qilsa, u holda pasportini 1 oy ichida almashtirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi va pasportga bu haqda belgi qo‘yiladi.         

Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchining nikohi qayd etilganligi sababli familiyasi o‘zgartirilganda FHDYo organi 7 kun mobaynida bu haqda harbiy xizmatga majbur bo‘lgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi ro‘yxatda turgan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.

Chat