Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12772 marta o'qildi

Sudьyalar malaka hay’atlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan 323-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sudьyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida"gi nizom bilan tartibga solinadi

Sudьyalarning malaka hay’atlari quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi
  • sudьyaning intizomiy javobgarligi;
  • sudьyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;
  • sudьyaning daxlsizligini ta’minlash;
  • sudьyaga malaka darajasini berish;
  • xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • sudьyalik qasamyodi va sudьyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

Sudьyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.          

Sudьyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudьyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudьyalarining konferentsiyalarida 5 yil muddatga saylanadi.

Sudьyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

Chat