Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13839 marta o'qildi

Xususiy bandlik agentligi - ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir.

Xususiy bandlik agentliklari ko‘rsatadigan xizmat turlari:
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
  • ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
  • O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish;
  • ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.

Xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligi tomonidan ish qidirayotgan shaxs va (yoki) ish beruvchi bilan yozma shaklda tuziladi.

Xususiy bandlik agentligi quyidagi huquqlarga ega:
  • xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish;
  • ishga joylashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan axborot olish;
  • ish qidirayotgan shaxslardan, shuningdek ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va axborot olish;
  • ish qidirayotgan shaxslar va ish beruvchilar ishga joylashtirish masalalariga doir hujjatlarni hamda axborotni taqdim etmagan taqdirda xizmatlar ko‘rsatishni rad etish.

Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar:
  • xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga rioya etishi;
  • xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar shartlariga muvofiq xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi;
  • xususiy bandlik agentligiga o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan ishonchli va to‘liq ma’lumotlar hamda hujjatlarni taqdim etishi shart.

Xususiy bandlik agentliklari reestri

Chat