Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15251 marta o'qildi

Ishsiz shaxslarga stipendiya kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirish davrida tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan to‘lanadi.

Stipendiyalar quyidagi miqdorda to‘lanadi:
  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) oxirgi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida;
  • birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 75 foizi miqdorida.

Stipendiyalarni to‘lash soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.

  • Stipendiyalar to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bandlik xizmati» axborot tizimida va so‘rovnomada ko‘rsatiladi.
  • Stipendiya ish qidirayotgan, mahalliy mehnat organlari tomonidan qisqa muddatli o‘qitishga yuborilgan shaxslarga to‘lanmaydi.
Chat