- shahar, tuman, aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy ob’ektlar, ziyoratgohlar, qabristonlar va ariqlarni tozalash kabilar);
- uy-joy kommunal va boshqa infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash;
- ko‘chalar, yo‘llar va piyodalar yurish yo‘laklarini ta’mirlash;
- mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash;
- sanoat tarmoqlari va xizmatlar ko‘rsatish sohasi tashkilotlaridagi ishlar;
- ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlari;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlariga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.