Pensiyaning tayanch miqdori — pensiya turiga qarab qonunchilikda belgilangan foiz asosida hisoblanadigan asosiy miqdor.
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — pensiyalar, ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan belgilangan miqdor.
Pensiya miqdori fuqaroning ish staji va ish haqiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
Pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lishi mumkin emas.
Pensiyani hisoblash uchun fuqaroning mehnat faoliyatidagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil ish haqi olinadi.
Oxirgi o‘n yildagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori axborot tizimidagi yoki fuqaro taqdim etgan ma’lumotlar asosida avtomatik aniqlanadi.
O‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan 60 kalendarь oy uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini 60 ga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Agar fuqaro besh yildan kam ishlagan bo‘lsa, o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendarь oylar uchun ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish orqali hisoblanadi.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Pensiyani qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman yoki shahar bo‘limiga beriladi.
Ariza besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi hollarda pensiya avtomatik qayta hisoblanadi:
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori