Qo‘shimcha ta’tillar:
- mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarga (137-modda);
- og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.
Korxonalarda qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) belgilanadi.
Qo‘shimcha ta’til muddati, alohida mehnat sharoitlari uchun ularni taqdim etish shartlari va tartibi, o‘ta zararli va og‘ir ish sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni bu erda olish mumkin.