Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11562 marta o'qildi

Jamoa mehnat nizolari (ziddiyatlari) — bu ish beruvchi (ish beruvchilar birlashmasi) va xodimlar jamoalari (xodimlarning vakillik organlari) o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.

  • Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa shartnomalari, kelishuvlari, lokal hujjatlarni qo‘llanish xususidagi jamoalarga doir mehnat nizolari sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.
  • Jamoa mehnat nizolari fuqarolik sudlarida taraflarning birining arizasiga asosan ko‘rib chiqiladi.
Chat