Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18421 marta o'qildi

Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlar belgilangan normativ hujjatdir.

Jamoa kelishuvida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
  • mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari va uni muhofaza qilish, mehnat va dam olish tartibi;
  • narxlarning o‘zgarib borishiga, inflyatsiya darajasiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
  • eng kam miqdori qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar;
  • xodimlarning ishga joylashishiga, ularni qayta o‘qitishga ko‘maklashish;
  • ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
  • xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar (shu jumladan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar) uchun qo‘shimcha ish joylari tashkil etuvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlar;
  • ijtimoiy sheriklik hamda 3 taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar.

Jamoa kelishuvining amal qilish doirasi

Jamoa kelishuvi vakolatli organlari shu kelishuvni tuzgan xodimlarga va ish beruvchilarga qo‘llaniladi.

Uch taraflama kelishuv tuzilgan taqdirda, jamoa kelishuvi ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organiga ham qo‘llaniladi.

Jamoa kelishuvining amal qilish muddati taraflar tomonidan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

Chat