Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11267 marta o'qildi

Ishga qabul qilishda talab qilinadigan ma’lumotning eng past darajasini belgilashda:
  • oliy ta’lim muassasalarini “bakalavr” va “magistr” darajasi bilan tamomlagan shaxslar oliy ma’lumotli xodimlar jumlasiga kiritiladi;
  • akademik litseylarni va kasb-hunar kollejlarini, texnikumlarni, kasb-hunar-texnika, tibbiyot, pedagogika yoki boshqa bilim yurtlarini tamomlagan shaxslar o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega xodimlar jumlasiga kiritiladi.

  • Ayrim holatlarda klassifikatorda belgilangan ma’lumotning eng past darajasiga yoki yo‘nalishiga ega bo‘lmagan, lekin etarli darajada amaliy tajribaga ega bo‘lgan, o‘zlariga yuklangan lavozim vazifalarini to‘liq hajmda va sifatli bajaradigan xodimlar ma’lumotning tegishli darajasini yoxud ma’lumotning boshqa yo‘nalishini talab qiladigan lavozimga qabul qilinishi mumkin, agar qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Chat