Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27095 marta o'qildi

Daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish uchun czrovnoma bilan Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanadi.

  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma PASPORTI
  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

«Obod mahalla» va «Obod qishloq» davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni obodonlashtirish ishlarida tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ruxsatnoma olmasdan kesish taqiqlanadi.


Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish - jarimaga sabab bo‘ladi.

Chat