Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15489 marta o'qildi

Korruptsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish — tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam ko‘rsatish.

Korruptsiyaga haqida xabar berganlik shaxslarga bir martalik pul mukofotlari:

a) korruptsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;

b) pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha bo‘lsa:

  • ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 5 baravari miqdorida;
  • uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 7 baravari miqdorida;
  • og‘ir jinoyat uchun — BHMning 10 baravari miqdorida;
  • o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;

v) pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan 100 baravarigacha bo‘lsa:

  • ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun - BHMning 10 baravari miqdorida;
  • uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun — BHMning 15 baravari miqdorida;
  • og‘ir jinoyat uchun — BHMning 20 baravari miqdorida;
  • o‘ta og‘ir jinoyat uchun — BHMning 25 baravari miqdorida;

g) pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 100 baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

  • ancha miqdor uchun — pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
  • ko‘p yoki juda ko‘p miqdor uchun — pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.

Bunda pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatini foizlarda hisoblashda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorning eng kam miqdoridan kelib chiqiladi.

d) qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun BHMning 5 baravari, ikki yoki undan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joyi haqida bir vaqtda xabar berganligi uchun esa — BHMning 7 baravari miqdorida.

Korruptsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish va uni fosh etishda ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar haqida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga xabar berganlik yoki bunday toifadagi jinoyatlarni tergov qilish yoxud tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda bevosita ko‘maklashganlik uchun shaxs tashakkurnoma yoki esdalik sovg‘a shaklida rag‘batlantirish tarzida taqdirlanadi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno.

Esdalik sovg‘a qiymati BHM 2 baravaridan oshmasligi lozim.

Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasi korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organ maxsus komissiyaning qarori asosida 1 ish kuni ichida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘asi bilan taqdirlash haqida qaror chiqaradi.

Bir martalik pul mukofoti xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng 10 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi, esdalik sovg‘asi esa qonun hujjatlariga muvofiq sovg‘a qilinadigan buyum xarid qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida topshiriladi.

Korruptsiya haqida xabar berish:
  • Bosh prokuratura ishonch raqami - 1007;
  • Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi - 1253;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti - 71-233-1007.
  • Telegramdagi @antikorbot manzili orqali ham xabar berish mumkin.
  • Sayt: https://anticorruption.uz/uzc

Chat