Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5139 marta o'qildi

Savol: Navro‘z bayrami arafasida ko‘chada niqobsiz yurganim uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan menga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu holatda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlik chorasini qo‘llash huquqi mavjudmi?

Javob: «Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Shu o‘rinda, “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralarini belgilangan tartibda qo‘llash vakolati berilgan.

Shunga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi asosli hisoblanadi.

Chat