Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 43442 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — 5 yil.

  • Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.
  • O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
  • Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

Teng saylov huquqi
  • Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.
  • Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
  • Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.

  • Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

  • Bir mandatli saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.      

Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun quyidagi saylov okruglari tuziladi

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:

  • aholi soni 2 million nafargacha bo‘lgan hududlarda — 30dan-40gacha;
  • aholi soni 2 milliondan 3 million nafargacha bo‘lgan hududlarda — 40dan 50gacha;
  • aholi soni 3 million nafardan ortiq bo‘lgan hududlarda — 50dan 60gacha.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:

  • aholi soni 30 ming nafargacha bo‘lgan hududlarda — 10dan 15gacha;
  • aholi soni 30 mingdan 100 ming nafargacha bo‘lgan hududlarda — 15dan 20gacha;
  • aholi soni 100 mingdan 300 ming nafargacha bo‘lgan hududlarda — 20dan 25gacha;
  • aholi soni 300 ming nafardan ortiq bo‘lgan hududlarda — 25dan 30gacha.

Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan eri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida 75 kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

  • Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi.
  • Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin 1 oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan mahalliy Kengashlar deputatlarining 50 foizidan ko‘prog‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.

Chat