Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20407 marta o'qildi

446 ta oilaviy mehmon uylari davlat ro‘yxatidan o‘tdi

Oilaviy mehmon uyi nima?

Oilaviy mehmon uyi — uy egasi o‘z oila a’zolari bilan birga yashaydigan xususiy uy-joyda turistlarga vaqtincha yashash va zarur xizmatlar ko‘rsatish uchun tashkil etiladigan joylashtirish vositasidir.

Bunday mehmon uyida bir vaqtning o‘zida 20 nafargacha mehmon joylashtirilishi mumkin. Har bir yashovchiga kamida 3 kvadrat metr turar joy maydoni to‘g‘ri kelishi kerak.

Mehmon uyini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

Tadbirkor:

  • Davlat xizmatlari markaziga shaxsan;
  • yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmati Turizm qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.

Xizmat uchun to‘lov bormi?

Yo‘q. Oilaviy mehmon uyini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Taqdim etilgan ma’lumotlar va ob’ekt belgilangan talablarga muvofiqligi 3 ish kuni ichida o‘rganiladi.

Talablarga muvofiq ob’ekt tegishli reestrga kiritiladi. Agar taqdim etilgan ma’lumotlarda kamchiliklar bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 10 ish kunigacha muddat beriladi.

Rad etilsa qayta murojaat qilish mumkinmi?

Ha. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin belgilangan tartibda qayta murojaat qilish mumkin. Ob’ekt talablarga muvofiq emas deb topilgan hollarda ham kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin 3 oygacha bo‘lgan muddatda qayta ariza berish imkoniyati nazarda tutilgan.

Chat