Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6689 marta o'qildi

Savol: Koronavirus infektsiyasi uchun PSR usulida tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarga, “Kovid-19”ga analiz topshirdi, natija “manfiy” degan soxta ma’lumotnomalar berish holatlari uchramoqda. Bunga qanday javobgarlik mavjud? 

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladi.

Bunda, quyidagi jazo turlaridan biri bilan javobgarlikka tortiladi:

  • BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari
  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Chat