Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9437 marta o'qildi

Savol: Mahallamizda bir qancha korxona va tsexlar mavjud. Keyingi vaqtlarda kechasi yoqimsiz hid chiqish holatlari kuzatilmoqda. Bunday hollarda qaysi davlat organiga murojaat qilish lozim?

Mazkur holat yuzasidan birinchi navbatda Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilishingiz lozim. Sizni murojaatiningizdan kelib chiqib, ular sizni va boshqa aholi vakillarining manfaatlari yuzasidan holatni bartaraf etish choralarini ko‘radi yoki bartaraf etish uchun vakolatli hisoblangan tashkilotlarga murojaat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:

  • chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
  • chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi esa fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza etish chora-tadbirlarini belgilaydi.

Shundan kelib chiqib, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilsangiz ham sizga yordam berishmasa, yuqoridagi vakolatli tashkilotlarga bevosita murojaat qilish mumkin.

Chat