Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 47622 marta o'qildi

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va boshqa hollarda bojxona to‘lovlari to‘lanadi.

Bojxona to‘lovlari turlari:
  • bojxona boji;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i;
  • aktsiz solig‘i;
  • bojxona yig‘imlari.

Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.

Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.

Bojxona to‘lovlarini to‘lovchi quyidagilardan iborat:
  • deklarant;
  • bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo do‘konining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qo‘llanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;
  • xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida bo‘lgan xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalari yo‘qolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa.

Har qanday manfaatdor shaxs to‘lovchi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqli.

Tarif preferentsiyalari bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferentsial olib kirish yoki ushbu hududdan preferentsial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.

Chat