Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12379 marta o'qildi

Sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
  • ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
  • manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
  • fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
  • taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa;
  • ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
  • ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa;
  • alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa;
  • xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa;
  • da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa;
  • da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
  • taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa;
  • mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa.

Arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda sud ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishi shart.

Sud FPKda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va da’voni ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni bekor qilish haqida ko‘rsatadi.                 

FPKda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Arizani ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.

Chat