Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5900 marta o'qildi

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
  • ish sudga taalluqli bo‘lmasa;
  • fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
  • da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;
  • taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
  • hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
  • ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
  • ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.

Ish yuritish sudning ajrimiga binoan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli tugatilsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini ko‘rsatishi shart.           

Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Chat