Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15642 marta o'qildi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.

Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Apellyatsiya shikoyati (protesti):
  • tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;
  • hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kunlik muddatda uni apellyatsiya instantsiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.

Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan, apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.

  • Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

Sudьya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi va ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.

Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.

Alohida hollarda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati sud raisi tomonidan ko‘pi bilan 1 oyga uzaytirilishi mumkin.

Chat