Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15138 marta o'qildi

Bosh prokuratura tomonidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida “YER NAZORATI” maxsus telegram-bot dasturi ishga tushirildi.  

  • @YerNazoratBot xizmati orqali fuqarolar o‘zlari yashaydigan hududlarda qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan yerlardan foydalanishda qonun buzilishi holatlari to‘g‘risida tezkor xabar berishlari mumkin. Murojaat berishda foydalanuvchilar telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va hududlarini ko‘rsatishlari kerak.

Hozir 3 turdagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish mumkin: yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish. Bosh prokuratura tomonidan belgilab qo‘yilishicha, ariza beruvchining shaxsi sir saqlanashi ta’minlanadi.

  • Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish mumkin.

 

Chat